Bezos ikki kun ichida Amazonning $2,4 mlrd aksiyalarini sotdi
AQSh Qimmatli qog‘ozlar va birjalar komissiyasiga (SEC) taqdim etilgan hujjatlarga ko‘ra, Amazon asoschisi Jeff Bezos 15 va 16-fevral kunlari deyarli $2,4 mlrd kompaniya aksiyalarini sotgan.
Ikki kun ichida milliarder Amazon’ning $167 dan $170,9 cha bo‘lgan 14 millionga yaqin aksiyalarini sotdi.
Avvalroq, Bezos kompaniyaning qimmatli qog‘ozlarini $4,1 mlrd sotgan edi. Kelgusi yil oxiriga qadar u 50 mln donagacha aksiya sotishni rejalashtirmoqda.
Nasdaq birjasi maʼlumotlariga koʻra, Toshkent vaqti bilan soat 15:50da Amazon aksiyalari $167,08 turar edi, bozor kapitallashuviga qarab $1,73 trln.
21-fevral holatiga ko‘ra, Jeff Bezos Forbes jurnalining eng boy odamlari ro‘yxatida uchinchi o‘rinni egallab turibdi. Uning boyligi $188,4 mlrd baholangan.
Avvalroq, «Kursiv» sun’iy intellekt qidiruv tizimi Jeff Bezosdan sarmoya jalb qilganini e’lon qilgan edi.