Buxoro viloyatiga yangi prokuror tayinlandi
eʼlon qilindi
U bu lavozimga tayinlangunga qadar Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahar prokurori lavozimida ishlab kelgan
Adliya maslahatchisi Ulug‘bek Xamdamov Buxoro viloyati prokurori etib tayinlandi, deb xabar berdi O‘zA.
Xamdamov bu lavozimga tayinlangunga qadar Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahar prokurori lavozimida ishlab kelgan. U mamlakat bosh prokurori buyrug‘i bilan yangi lavozimga o‘tdi.
2021-yilning qishidan buyon Buxoro viloyati prokurori lavozimini Mahmud Istamov egallab kelayotgan edi.
Avvalroq «Kursiv» O‘zbekiston tergov departamenti rahbariyatidagi o‘zgarishlar haqida yozgan edi.