Dollar deyarli 20 so‘mga qimmatlashdi
eʼlon qilindi
Bugun uning o‘rtacha kursi 12 495,03 so‘mni tashkil qildi

21-fevral kuni O‘zbekiston Respublika valyuta birjasida dollarning o‘rtacha kursi 19,52 so‘mga ko‘tarildi va 12 495,03 so‘mni tashkil qildi.
Davlatning banklari Amerika valyutasini 12 415 – 12 435 so‘mdan xarid qilib, 12 475 – 12 535 so‘mdan sotishmoqda.
Eslatib o‘tamiz, bugun dollarning eng foydali narxda Invest Finance Bank, BRB va Trastbank moliya institutlarida xarid qilish mumkin.
Avvalroq, Kursiv 20-fevral kuni dollarning o‘rtacha kursi 4,63 so‘mga pasaygani haqida yozdan edi.
Mavzu bo'yicha materiallar