Gaagada Isroilning Falastin hududlarini bosib olishning qonuniyligi boʻyicha sud jarayoni boshlandi

eʼlon qilindi
Jarayon olti oygacha davom etishi mumkin
Foto: Reuters

21-fevral, chorshanba kuni Gaagada Xalqaro Sud majlisi boshlandi. Reuters nashrining maʼlum qilishicha, instansiya Isroilning Falastin hududlarini bosib olishining qonuniyligini baholashi kerak.

Isroil tomoni uchrashuvda ishtirok etmayapti, lekin mamlakat sudga yozma izoh berib, unda Falastin bilan mojaroni tartibga solishga toʻsqinlik qilishi mumkinligini taʼkidladi. Qoʻshma Shtatlar 2022-yilda ham jarayonga qarshi chiqqan edi.

Sudda ellikka yaqin davlat oʻz dalillarini keltirishi kutilmoqda. Jarayon olti oygacha davom etishi mumkin.

BMT Bosh Assambleyasi sudga shunday soʻrov yuborgan va sudni oʻtkazish toʻgʻrisidagi qaror 2022-yilda qabul qilingan edi. Shu hafta Falastin vakillari hakamlar hayʼatidan Isroilning bosqinini noqonuniy deb topishni soʻradi.

Avvalroq «Kursiv» Isroil 2024-yilda harbiy xarajatlarni 8,3 milliard dollarga oshirishi mumkinligini haqda ma’lum qilgan edi.

Shuningdek