Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) Markaziy Osiyo mamlakatlariga iqlim o‘zgarishining mintaqa daryolariga salbiy ta’sirini o‘rganishda yordam beradi. Bu haqda Kursivga O‘zbekiston Ekologiya vazirligi matbuot xizmati xabar berdi..
O‘rganish natijalariga ko‘ra Isfayramsoy, Shoximardon, Zarafshon, Murg‘ob va Cho‘ng-Kemin daryolarini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari belgilanadi.
Eslatib o‘tamiz, Global ekologik fond “Markaziy Osiyoda CAWLN dasturi doirasida beshta loyihani moliyalashtirish uchun 26 million dollar ajratadi.
Mazkur tashabbus Amudaryo, Zarafshon, Panj, Sirdaryo va Norin daryolarining ekotizimini tiklash, suv resurslarini boshqarishni takomillashtirishga qaratilgan.
Avvalroq, Kursiv O‘zbekistonda may oyi boshidan ayrim daryolarda resurslar qazib olishga moratoriy joriy etilishi haqida yozgan edi.