Bugun, 21-fevral kuni soat 19:30 Toshkentda «Humo” va «Sariarqa» jamoalari o‘rtasidagi ikkinchi pley-off o‘yini bo‘lib o‘tadi.
Birinchi o‘yinda mag‘lubiyatga uchragan «Humo» xokkeychilari keing bosqichga yo‘llanma olish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solishga muzga chiqishadi.
«Humo» va «Sariarqa» xokkey klublari o‘rtasidagi birinchi chorak finali o‘yinda Qozog‘iston jamoasi 2:0 hisobida oldinga olib chiqdi. O‘yinning ikkinchi davrida «Humo» mehmonlar darvozasiga ikkita gol urib, hisobni tenglashtira oldi. Ammo qarag‘andaliklar yana uchta shaybani «Humo» darvozasiga yo‘naltirishdi. Assoiy vaqtda hisob 5:5 bo‘ldi.
Qoshimcha davrda «Sariarka» jamoasi «Humo»ga gol urdi va hisob 6:5 bo‘lib yakunlandi.
Avvalroq, «Kursiv» «Humo» Qozog‘istonning «Aktobe» jamoasiga mag‘lub bo‘lganini yozgan edi.