O‘zbekistonda kompaniyalarga birja savdolari oqrali olinadigan misga qo‘shimcha imtiyozlar joriy qilindi
Prezident qaroriga koʻra, mahalliy korxonalar aprel oyidan birja savdolarida mis xomashyosini boʻlib toʻlash orqali sotib olishlari mumkin bo‘ladi.
Xaridor mahsulot tannarxining 25 foizini toʻlaganda, qolgan summani 90 kun ichida toʻlashi mumkin boʻladi. Birinchi 30 kun ichida amalga oshirilgan toʻlovlar uchun foiz olinmaydi.
Eslatib oʻtamiz, 2024-yilda Oʻzbekistonda mis ishlab chiqarishni 20 foizga oshirish va uni qayta ishlashni 140 ming tonnaga yetkazish rejalashtirilgan.
Oʻzbekiston tovar-xomashyo birjasi maʼlumotlariga koʻra, 12-16 fevralda katod misning oʻrtacha qiymati 110 million soʻm, mis sulfat 30,4 million soʻm, mis katanka 111,8 million soʻmni tashkil etdi.
Avvalroq «Kursiv» joriy yilda Oʻzbekiston elektrotexnika sanoatiga $2 milliard yaqin sarmoya kiritilishi haqida xabar bergan edi.