Oʻzbekistonlik shpagachilar Osiyo chempionatida bronza medaliga ega chiqdi
                    
                                                     eʼlon qilindi
                                            
                                    
                                    
                
                                    
                
                                    
                        Jamoaviy musobaqada oʻzbekistonlik toʻrt nafar qilichboz bronza medallarini qoʻlga kiritdi
                    
                            
Bahraynda boʻlib oʻtayotgan qilichbozlik boʻyicha Osiyo chempionatining oʻsmirlar toifasidagi bahslar yakunlandi. Jamoaviy musobaqada oʻzbekistonlik toʻrt nafar qilichboz bronza medallarini qoʻlga kiritdi, deb xabar bermoqda Milliy olimpiya qoʻmitasi.
Sovrinni Sanam Nazarova, Muxlisaxon Rahmonova, Madinabonu Mansurova va Alina Xalilova qo‘lga kiritdi.
Chempionatda oʻzbekistonlik sportchilar Ummon va Singapur terma jamoalarini magʻlubiyatga uchratgan boʻlsa-da, yarim finalda janubiy koreyalik qilichbozlarga imkoniyatni boy berib qoʻydi.
Avvalroq «Kursiv» oʻzbekistonlik ogʻir atletikachilarning Osiyo chempionatida muvaffaqiyatli ishtiroki haqida maʼlum qilgan edi.
