Yangiliklar

O‘zbekistonda kambag‘allik darajasi pasaydi

Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) mutaxassislari tahliliga ko‘ra
Foto: belchonock /www.depositphotos.com

Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) mutaxassislari tahliliga ko‘ra, O‘zbekistonda o‘tgan yili kambag‘allik darajasini pasaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshirilib, ushbu ko‘rsatkich 14,1 foizdan 11 foizga qisqarishiga olib keldi.

2023-yilda barqaror iqtisodiy o‘sish 6 foiz, inflyatsiya darajasining 8,8 foizga kamayishi va aholi umumiy daromadining 15 foizga o‘sishi bu muhim omillaridan bo‘ldi. O‘rtacha ish haqi ham sezilarli darajada 17,2 foizga oshib, 4,5 mln so‘mni tashkil etdi.

Aholi bandligini oshirish, 4,1 mln kishini ish bilan ta’minlash asosiy omillardan bo‘ldi.«20 ming tadbirkor 500 ming malakali mutaxassis» qo‘llab-quvvatlash dasturi ham o‘z samarasini berdi. Kelgusi yil rejasi kambag‘allik darajasini yanada 10 foizga qisqartirishdir.

Kambag‘allikka qarshi kurashish maqsadida mahallada faoliyat ko‘rsatayotgan hokim yordamchilarining tavsiyasiga binoan 241,3 ming nafar fuqaroga qishloq xo‘jaligi bilan shug‘ullanishi uchun yer uchastkalari ajratildi.

Yoshlar va kam taʼminlangan oilalar xotin-qizlarini kasbiy va tadbirkorlik koʻnikmalariga oʻrgatish masalasiga katta eʼtibor qaratilmoqda. O‘tgan yili 181 ming nafar ishsiz fuqaro turli kasblarga o‘qitilib, 183,8 mingta yangi tadbirkorlik tuzilmalari tashkil etildi.

Avvalroq, «Kursiv» O‘zbekistonda kambag‘allik chegarasi 621 ming so‘mga yetganini e’lon qilgan edi.