Yangiliklar

Sankt-Peterburgda qotil odamlarning ko‘z o‘ngida O‘zbekiston fuqarosini boshiga qarab o‘q uzdi

Jabrlangan reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan, uning ahvoli og‘ir
Foto: Videodan lavha

Sankt-Peterburgda noma’lum shaxs O‘zbekiston fuqarosiga qarata o‘q uzib, qochib ketdi. Voqea 20-fevral kuni Viborg shossesida 622-sonli gimnaziya yaqinida sodir bo‘lgan.

Mahalliy advokatda haydovchi bo‘lib ishlayotgan 41 yoshli O‘zbekiston fuqarosi Rustambek Dadaev boshlig‘ining bolalarini maktabga oborishi kerak edi. Erkak mashinadan tushgach, unga notanish shaxs kelib, odamlarning ko‘z o‘ngida boshiga qarab o‘q uzgan.

Jabrlanuvchi reanimatsiyaga yotqizilgan, uning ahvoli og‘ir. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, qotil haydovchini emas, uning boshlig‘ini o‘ldirmoqchi bo‘lgan, lekin adashgan.

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.