Toshkentda havo sifati keskin yomonlashdi

eʼlon qilindi
Havoda PM2.5 konsentratsiyasi normadan 28 baravar yuqori
Foto: Piqsels

21-fevral, chorshanba kuni Toshkent havosidagi PM2,5 zarralari kontsentratsiyasi ruxsat etilgan maksimal me’yordan 28,1 baravar oshdi, deb xabar berdi «O‘zgidromet».

Bir kun avval bu ko‘rsatkich atigi 2,2 barobarga oshib ketgan edi.

PM2.5 – chang, asfalt, avtomobil shinalari va boshqa birikmalarning eng kichik zarralari.

Bugun poytaxtda shamol kuchi 3-8 m/s («Bofort shkalasi bo‘yicha o‘rtacha») ga yetishi mumkin, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati +1…+3° gacha ko’tariladi.

Oʻzbekistonda havoning oʻrtacha kunlik harorati 0…+5°, togʻli hududlarda -4…-9° boʻladi.

Avvalroq, Kursiv 2024 yil mart oyidagi ob-havo haqida yozgan edi.

Shuningdek