Transport prokuraturasi Umra ziyoratini tashkil etishdagi qoidabuzarliklar tufayli 40 ga yaqin sayyohlik agentligi faoliyatini to‘xtatishini talab qilmoqda
O‘zbekiston Transport prokuraturasi Turizm qo‘mitasiga 40 ta sayyohlik firmasi faoliyatini to‘xtatish talabi bilan xat yo‘lladi, deb xabar berdi «Daryo».
Maktubda mazkur kompaniyalarning mansabdor shaxslariga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgani, dastlabki tergov harakatlari olib borilayotgani aytiladi.
Ish hujjatlariga ko‘ra, Panorama Airways va bir qancha sayyohlik agentliklari Umra sayohatini tashkil etish xizmatlari uchun 3,9 ming kishidan katta miqdorda pul yig‘ishgan. Natijada tashkilotchilar fuqarolarni Saudiya Arabistonidan O‘zbekistonga qaytarish shartlarini bajarmagan.
Eslatib oʻtamiz, 5-fevral kuni Panorama Airways aviakompaniyasi kutilmagan vaziyatlar tufayli parvozlar jadvalida uzilishlar yuz bergani haqida xabar bergan edi. Kompaniya 28-yanvardan 2- fevralga qadar parvozlarni to‘xtatdi. Shu sabab o‘zbekistonlik ziyoratchilar Saudiya Arabistonida qolib ketishdi.
Keyinroq aviatashuvchi O‘zbekistonga 2-4-fevral kunlari 3 mingdan ortiq odam qaytganini ma’lum qildi.
Panorama Airways oxir-oqibat ijrochi jamoasini o‘zgartirdi. Mazkur holat yuzasidan Bosh prokuratura jinoiy ish qo‘zg‘atgan.