Xorazm viloyatida fuqaro qadimiy tangalarni sotishga harakat qildi
eʼlon qilindi
5 ming dollarga
Huquq-tartibot idoralari xodimlari Urganch tumanida yashovchi shaxsni Buxoro amirligi va Xiva xonligi davriga tegishli 3 ta tangani 5 ming AQSh dollariga sotmoqchi bo‘lgan vaqtida qo‘lga oldi, deb xabar berdi Xorazm viloyati Ichki ishlar boshqarmasi.
Uning uyidan antiqa qilichlar, qalqonlar va uy-roʻzgʻor buyumlari ham topilgan, deya taʼkidladi boshqarma.
Eslatib o‘tamiz, 2023-yilning yozida Toshkent shahrida Rossiyaning 1902-yildagi oltin tangasini 100 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olingan edi. Huquq-tartibot idoralarining ma’lumotlariga ko‘ra, tanganing qiymati 1 milliard so‘mni tashkil qilgan.
Avvalroq, Kursiv Namanganda qadimgi Baqtriya davridan qolgan tangalar topilgani haqida yozgan edi.