Yaman husiylari Britaniya kemasini cho‘ktirishdi — video
eʼlon qilindi
Ekipaj evakuatsiya qilishga muvaffaq bo‘ldi
Yaman husiylari («Ansor Alloh» harakati) Britaniyaning Rubymar kemasini Qizil dengizda cho‘ktirib yubordi, deb xabar bermoqda Reuters kema xavfsizligi uchun mas’ul bo‘lgan LSS-SAPU kompaniyasiga tayanib.
Xabarda aniqlik kiritilishicha, kema ekipaji cho‘kishdan oldin evakuatsiya qilishga muvaffaq bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, fevral oyi boshida AQSh, Buyuk Britaniya va boshqa G‘arb davlatlari koalitsiyasi Yamandagi husiy pozitsiyalariga havo hujumlarini amalga oshirgan edi.
Avvalroq, Kursiv Qizil dengizdagi vaziyat dunyodagi oziq-ovqat xavfsizligiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani haqida yozgan edi.