Yevropa chempionlar ligasi: Interning kichik hisobdagi g‘alabasi, Borussiya Dortmund PSV bilan durang natijasi
21-fevral kuni soat 01:00 Yevropa chempionlar ligasi (YCHL) 1/8 finali bahslari bo‘lib o‘tdi. Milanning Inter futbol klubi Atletiko Madridni o‘z uyida kichik hisobda 1-0 mag‘lub etdi. Keyingi pley-off o‘ynida Eindhovenning PSV klubi Borussiya Dortmund bilan 1:1 durang natijasini ko‘rsatishdi.
Inter-Atletiko Madrid bahsida 1-taymda hisob ochilmadi. 2-taymda esa, mehmonlar xatosidan unumli foydalangan Inter futbolchilari qarshi hujumda Louataro Martinesning zarbasidan so‘ng Atletiko Madrid darvozaboni Yan Oblak to‘pni qaytardi. Biroq qaytgan to‘pni Inter hujumchisi 79-daqiqada Mark Arnautovich darvozaga aniq yo‘naltirdi va Interga g‘alaba olib keldi.
Keyingi bahsda esa, PSV jamoasi Borussiya Dortmund bilan kuch sinashdi. 1-taymda Borussiya Dortmund hujumchisi Doniell Mallen 24-daqiqada PSV darvozasini ishg‘ol qildi va hisobni nemis klubi foydasiga o‘zgartirdi. 2- taymda esa mezbonlar hujumni kuchaytirishdi va penalti tepishga sazovor bo‘lishdi, jamoa sardori Lyuk De Yong Borussiya darvozasiga gol urdi, tabloda 1:1 o‘yin o‘z nihoyasiga yetdi.
Eslatib o‘tamiz, ertaga soat 01:00 YCHL navbatdagi pley-off bahslari davom etadi. Portu jamoasi o‘z uyida Londonning Arsenal klubiga qarshi maydonga tushadi. Keyingi bahsda Italiyaning Napoli klubi Barselona bilan kuch sinashadi.
Avvalroq, «Kursiv» O‘zbekiston terma jamoasi FIFA reytingida ikki pog‘onaga ko‘tarilganini e’lon qilgan edi.