
Azon Global portali asoschisi, Mubashshir Ahmad nomi bilan tanilgan Alisher Tursunov Turkiyada ozodlikka chiqdi. Bu haqda O‘zR Bosh prokuraturasi ma’lum qildi.
U kecha, 21-fevral kuni Binkilich deportatsiya markazini tark etgan.
Tursunov dekabr oyi oxirida hibsga olingan. U turk politsiyasi tomonidan uyidan olib ketilgan. Keyinroq u Istanbul yaqinidagi deportatsiya markaziga joylashtirildi.
2023-yil yozida Azon media guruhi O‘zR hududidagi barcha loyihalarni muzlatib qo‘ygan edi. Din mavzusiga ixtisoslashgan Azon.uz sayti 2017-yilda ishga tushirilgan.