Bayden NATO bosh kotibi lavozimiga Niderlandiya bosh vaziri nomzodini qo‘llab-quvvatlaydi
                    
                                                     eʼlon qilindi
                                            
                                    
                                    
                
                                    
                
                                    
                        Bu haqda Politico nashri xabar berdi
                    
                            
AQSh prezidenti Jo Bayden Niderlandiya bosh vaziri Mark Ryuttening NATO bosh kotibi bo‘lishi mumkin bo‘lgan nomzodini qo‘llab-quvvatlamoqchi, deb yozadi Politico.
Avvalroq, nashr mudofaa blokiga kiruvchi mamlakatlar rahbarlarining aksariyati Ryutte tarafdori ekanini yozgan edi. Biroq bosh vazirning o‘zi bu haqida izoh bermadi.
Eslatib o‘tamiz, Niderlandiya vakillari uch marta NATO bosh kotibi lavozimini egallagan. Xususan, Yaap de Xup Sxeffer 2004-yildan 2009-yilgacha alyansni boshqargan.
Mark Ryutte mamlakatni 2010-yil oktabr o‘rtalaridan beri boshqarib keladi. 17-yil davomida «Ozodlik va demokratiya uchun» xalq partiyasi yetakchisi bo‘lgan.
Avvalroq, «Kursiv» Yevropa NATO’ni o‘rniga boshqa tashkilot tuzmoqchiligini e’lon qilgan edi.
