Yangiliklar

Metan “zapravkalar”dan cheklovlar olinadi

Bugundan boshlab
Foto: «O‘zenergoinspektsiya»

21-fevral kuni iste’molchilarni energiya resurslari bilan barqaror ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yuzasidan ko‘rilayotgan choralar to‘g‘risida respublika Energetika vazirligi ma‘lumot berdi.

Gaz bosimini pasaytirish maqsadida aholi va davlat sektori obyektlarini tabiiy gaz bilan ta’minlash maqsadida bugundan boshlab mamlakatdagi barcha metan yonilg‘i quyish shoxobchalari faoliyatiga qo‘yilgan cheklovlar bosqichma-bosqich olib tashlanmoqda. Bu oldindan tasdiqlangan reja va jadvalga muvofiq mahalliy hokimiyat organlari bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.

Metan «zapravkalari» bilan bog‘liq mavjud holat to‘g‘risidagi ma’lumotlar kun davomida mahalliy davlat hokimiyati organlarining axborot resurslari orqali yetkaziladi.

Avvalroq, «Kursiv» O‘zbekistonda gaz quyish shoxobchalarida cheklovlar qo‘yilganini e’lon qilgan edi.