Bugun, 22-fevral kuni soat 21:00 Osiyo Chempionlar ligasi nimchorak final javob o‘yini doirasida Namanganning «Navbahor» klubi Saudiya Arabistonining «Al-Ittihod» (Jidda) klubi mehmoni bo‘ladi.
Navbahor sardori Azimjon Ahmedov matbuot anjumanida aytishicha, qiyin o‘yin bo‘ladi va jamoa kuchli futbolchilarga qarshi maydonga tushadi. Vaholanki, bo‘lajak musobaqaga yaxshi tayyorgarlik ko‘rishdi va yuqorida aytib o‘tganidek, jamoa eng yaxshi o‘yin ko‘rsatadi va g‘alaba qozonib, keyingi bosqichga chiqish uchun harakat qiladi.
«Benzema ajoyib o‘yinchi, lekin biz hech kimdan qo‘rqmaymiz»- dedi «Navbahor» bosh murabbiyi Samvel Babayan.
Eslatib o‘tamiz, kecha kuni Nasaf Al-Aynni mehmoni bo‘ldi. Kechagi pley-off bahsida Ro‘ziqul Berdiyev shogirdlari birinchi bo‘lib hisobni ochishdi, biroq Al-Ayn jamoasi hisobni tenglashtirdi. 2-taymga qo‘shib berilgan so‘ngi daqiqalarda Sofian Rahimi Nasaf darvozasiga g‘alaba golini kiritdi, hisob 2:1 bo‘ldi. Chorak finalda Al-Ayn Krishtiano Ronalduning jamoasi Al-Nassrga qarshi to‘p surishadi.