Yangiliklar

Nvidia aktsiyalari moliyaviy hisoboti e’lon qilinganidan so’ng keskin o’sdi

Kompaniya $24 milliard daromad olmoqchi
Foto: Reuters

Grafik protsessorlar ishlab chiqaruvchisi Nvidia moliyaviy hisobotini e’lon qildi. Hujjatda kompaniya joriy chorakda $24 milliard daromad olish niyatida ekanligini ma’lum qilgan. Bu prognoz tahlilchilar kutganidan ham yuqori. Yangilik natijasida kompaniya aksiyalari keskin oshdi, deb yozadi Bloomberg.

Ushbu e’londan so’ng Nvidia aksiyalari narxi 11 foizga o’sdi. Bungacha ularning Nyu-York fond birjasidagi narxi har bir aksiya uchun $674,72 tashkil qilgan, bu yil boshiga nisbatan 36 foizga ko‘pdir.

2024-yilning ikki oyidan kamroq vaqt ichida kompaniyaning bozor kapitallashuvi $400 milliarddan ko‘proqqa o‘sdi va hozir u $1,7 trillion tashkil etadi.

Nvidia moliyaviy ko’rsatkichlarining o’sishining sababi sun’iy intellekt (AI) texnologiyalarining gullab-yashnashi bo’lib qolmoqda, uni ishlab chiqishda kompaniya mahsulotlari qo’llaniladi.

«General AI rivojlanishi burilish nuqtasiga yetdi. Unga bo‘lgan talab butun dunyo bo‘ylab kompaniyalar, tarmoqlar va davlatlar o‘rtasida o‘sib bormoqda», — dedi Nvidia bosh ijrochi direktori Jensen Xuang vaziyatga izoh berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, yaqin besh yil ichida sun’iy intellektning rivojlanishi butun dunyo bo‘ylab ma’lumotlar bazasi sig‘imini ikki baravar oshirishga olib keladi, bu esa yuzlab milliard dollar daromad olish imkonini beradi.

28-yanvarda yakunlangan to‘rtinchi moliyaviy chorakda Nvidia $22,1 milliard daromad oldi. Daromad bir yil avvalgiga nisbatan uch baravar oshdi.

Nvidia – chipdagi grafik protsessorlar va tizimlarning amerikalik ishlab chiqaruvchisi.

Avvalroq «Kursiv» Nvidia Xitoy uchun eksklyuziv chiplar chiqarishini yozgan edi.