Yangiliklar

O‘zbekiston yanvar oyida to‘qimachilik mahsulotlari eksportini 14,4 foizga oshirdi

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra
Foto: Baloncici/Depositphotos

2024-yil yanvar oyida O‘zbekiston to‘qimachilik korxonalari tomonidan xorijga $250,2 mln mahsulot yetkazib berildi, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 14,4 foizga ko‘pdir, deya xabar beradi Statistika agentligi.

Eksportning asosiy qismini kalava ip – 48,5 foiz, kiyim-kechak – 37,4 foiz va trikotaj gazlama – 7,2 foizni tashkil etdi.

Joriy yilning yanvar oyida O‘zbekiston dunyoning 48 davlatiga 430 turdan ortiq to‘qimachilik mahsulotlari eksport qildi.

To‘qimachilik mahsulotlari eksportini qo‘llab-quvvatlash maqsadida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev o‘tgan yilning kuzida qaror imzolagan edi, unga ko‘ra, 2024-yilda ishlab chiqaruvchilarga yordam berish uchun $150 mln ajratiladi.

Yanvar oyi oxirida respublika korxonalari tomonidan 4,9 trln so‘mlik to‘qimachilik mahsulotlari, 1,3 trln so‘mlik kiyim-kechak mahsulotlari ishlab chiqarildi.

Avvalroq, «Kursiv» O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan kiyimlar Rossiyaning «Ashan» do‘konlarida sotilishini yozgan edi.