Qazaq Air Turkistondan Samarqandga parvozlarni yoʻlga qoʻyadi
Qozogʻistonning Qazaq Air aviakompaniyasi 15-martdan boshlab Turkistondan Samarqandga parvozlarni yoʻlga qoʻyadi, deb xabar qildi Qozogʻiston fuqaro aviatsiyasi qoʻmitasi.
Parvozlar haftasiga ikki marta – juma va yakshanba kunlari amalga oshiriladi.
«Havo tashish hajmining oshishi Qozogʻiston va Oʻzbekiston oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy, biznes, sarmoyaviy va turizm sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga xizmat qiladi», — deyiladi qoʻmita bayonotida.
Qazaq Air aviakompaniyasi 2015-yilda tashkil etilgan bo‘lib, Ostonadagi Nursulton Nazarboyev aeroportida joylashgan. Aviakompaniya parki beshta De Havilland Canada Dash 8-400 samolyotidan iborat.
Avvalroq, Kursiv 13-martdan Polshaning LOT Polsha Airlines aviakompaniyasi Varshava va Toshkent o‘rtasida parvozlarni boshlashi haqida yozgan edi.