Rossiya Trans-Afg‘on temir yo‘li loyihasiga qiziqish bildirdi

eʼlon qilindi
Bu haqda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ma’lum qildi
Foto: Prezident matbuot-xizmati

Rossiya transport idoralari Trans-Afg‘on temir yo‘li loyihasiga qiziqish bildirdi, dedi O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev.

«Rossiyalik hamkasblarimizning loyihani texnik asoslashda, keyin esa yanada ilgari surishda ishtirok etishidan manfaatdorlik bor», — dedi Mirziyoyev Qozonda rossiyalik hamkasbi Vladimir Putin bilan uchrashuvda. O‘zbekiston prezidentining so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda TASS agentligi.

Respublika rahbari bu masala bo‘yicha Rossiya transport vaziri Vitaliy Savelyev bilan O‘zbekistonga tashrifi chog‘ida muhokama qilinganini tushuntirdi.

Trans-Afg‘on temir yo‘lining qiymati $5 mlrd baholanmoqda.Bu temir yo‘l orqali yiliga 20 mln tonnagacha yuk tashilishi kutilmoqda. Uning ishga tushirilishi tovarlarni yetkazib berish muddatlarini qisqartiradi.

Avvalroq, «Kursiv» Mirziyoyev va Putin o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tgani haqida yozgan edi.

Shuningdek