UzAirways Kuala-Lumpurga parvozni kechiktiradi
eʼlon qilindi
Samolyot uchishga tayyor emas edi
Uzbekistan Airways aviakompaniyasining HY553/554 reysi Toshkentdan Kuala-Lumpurga (Malayziya) va ortga bir necha soatga kechiktirildi. Bunga samolyotning parvozga tayyor emasligi sabab bo‘lgan, deb xabar berdi aviatashuvchi.
HY553 reysi endi Kuala-Lumpurga mahalliy vaqt bilan soat 14:00 da yetib keladi. HY554 Malayziya shahridan soat 15:00 da uchadi, samolyot Toshkentga 19:30 da qo’nadi.
Avvalroq «Kursiv» Uzbekistan Airways’ning HY271 va HY272 reyslari to‘rt soatga kechiktirilganini yozgan edi.
Uzbekistan Airways Oʻzbekistonning davlat aviatashuvchisi hisoblanadi. Kompaniya 50 dan ortiq yo’nalishlarga parvozlarni amalga oshiradi.