Yangiliklar

Boeing kompaniyasi 737 Max dasturi rahbarini ishdan bo‘shatdi

Ulardan birida parvoz vaqtida fyuzelajning bir qismi tushib ketgan
Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Amerikaning Boeing aviakompaniyasi 737 Max samolyotlari dasturi rahbari Ed Klarkni ishdan bo‘shatdi. Avvalroq, fyuzelyajning bir qismi parvoz vaqtida ushbu samolyotlardan biridan tushib ketgan, deb xabar berdi CNBC portali.

Klarkning ishdan bo‘shatilishi kompaniyaning tijorat samolyotlari bo‘limi rahbari Sten Dilning Boeing xodimlariga yo‘llagan xabarida ma‘lum bo‘ldi.

 «Men rahbariyat o‘zgarishini e’lon qilaman, chunki biz yetkazib berayotgan har bir samolyot barcha sifat va xavfsizlik talablariga javob berishi yoki undan yuqori bo‘lishini ta’minlashga e’tibor qaratishda davom etamiz. Mijozlarimiz bunga loyiq», – deyiladi xabarda.

Klarkning lavozimini Boeing 737 yetkazib berish bo‘yicha sobiq vitse-prezident Keti Ringgold egallaydi. Klark Boeing kompaniyasida 18 yil ishlagan.

Eslatib o‘tamiz, yanvar oyida fyuzelyajning bir qismi parvoz paytida Alaska Airlines 737 Max samolyotida tushib ketgan. Bir necha yo‘lovchi jarohatlangan. Shundan so‘ng, butun dunyo bo‘ylab ushbu rusumdagi samolyotlarda parvozlar to’xtatildi, Boeing yetkazib berishni qisqartirdi.