Bolalar ombudsmani Navoiydagi maktabda o‘quvchilarining sochi olinganini qoraladi
2-sonli maktab sport zalida o‘quvchilarning ommaviy sochi olingani bolalar ombudsmanı Surayyo Rahmonova tomonidan qoralangan. Bu haqda Ombudsmanning Telegram-kanalida bayonot e’lon qilindi.
«Maktab ma’muriyati tomonidan bunday harakatlarga mutlaqo yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Birinchi navbatda, bu umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining odob-ahloq qoidalariga zid»-deyiladi xabarda.
Ombudsman aybdorlarni jazolash zarurligini ta’kidladi. Uning qo‘shimcha qilishicha, boshqa ta’lim muassasalarida ham bunday holatlarning oldini olish choralari ko‘rilmoqda.
Kun.uz xabariga ko‘ra, maktab direktori Nurqobil Yusupov har-xil sinf o‘g‘il bolalarini sochini olish uchun sartaroshni taklif qilgan. Bu hodisani maktablarda davomatni tekshiradigan Milliy gvardiya xodimlari kuzatishdi.
Keyinroq, Navoiy viloyati Milliy gvardiya boshqarmasi matbuot kotibi Ramazon Kubayevning aytishicha, xodimlar Yusupovning harakatlariga qarshi chiqishgan.
Avvalroq, «Kursiv» Surayyo Rahmonova O‘zbekistondagi o‘qituvchilarning psixologik holatini tekshirishni taklif qilgani haqida e’lon qilgan edi.