Yangiliklar

Britaniyaning Sackers kompaniyasi O‘zbekistonda metallarni qayta ishlashni rejalashtirmoqda

Bu haqda kompaniya rahbari ma’lum qildi
Foto: Nasimi/Depositphotos

Buyuk Britaniyaning Sackers kompaniyasi O‘zbekistonda metallni qayta ishlash loyihasini yo‘lga qo‘yish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda, deb xabar bermoqda «Dunyo» axborot agentligi.

Bu tashabbusni kompaniya direktori Devid Dodds O‘zbekistonning Britaniyadagi elchixonasi vakillari bilan muzokaralar chog‘ida bildirdi.

Sackers 1929-yilda tashkil etilgan. Kompaniya qora va rangli metallar, jumladan alyuminiy, mis, qo‘rg‘oshin, zanglamaydigan po‘lat importi va qayta ishlash bilan shug‘ullanadi.

Eslatib oʻtamiz, 2023-yilning ikkinchi choragida Oʻzbekiston va Buyuk Britaniya oʻrtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 430 mln funt sterlingga yetgan edi. Yil davomida o‘sish 96,3 foizni tashkil etdi. Shu bilan birga, respublika Buyuk Britaniyaning savdo hamkorlari reytingida 117-o‘rinni egalladi.

Avvalroq, «Kursiv» O‘zbekistonda 2,5 mingdan ortiq foydali qazilma konlari ro‘yxatga olinganini yozgan edi.