Jihodchilar tomonida jang qilgan O‘zbekiston fuqarosi vataniga qaytarildi
«Katiba at-Tavhid val-Jihod» guruhi tomonida jang qilgan O‘zbekiston fuqarosi o‘z vataniga qaytarildi, deb xabar berdi Davlat xavfsizlik xizmati (DXX).
Boshqarma maʼlumotlariga koʻra, 24 yoshli Jizzax viloyatida tugʻilgan shaxs 2023-yilda terrorchilar bilan tanishgan va oʻsha yilning iyun oyida Turkiyaga joʻnab ketgan.
Keyinroq Suriyaga koʻchib oʻtgan Oʻzbekiston fuqarosi «Katibat at-Tavhid val-Jihod» tarafida jangovar harakatlarda faol ishtirok etgan.
Dekabr oyida esa u davolanish uchun Turkiyaga qaytib kelgan va hibsga olingan. Unga nisbatan terrorchilik tashkilotlarida ishtirok etgani uchun jinoiy ish ochildi.
«Katiba at-Tavhid val-Jihod» 2014-yilda Suriyada tashkil etilgan bo‘lib, guruh asosan o‘zbek va qirg‘izlardan iborat. Uning asoschisi Sirojiddin Muxtorov 2022-yilda Rossiyaning Suriyadagi antiterror operatsiyasi chog‘ida halok bo‘lgan.
Avvalroq, Kursiv Suriyada xalqaro terrorchilik tashkilotiga asos solgan O‘zbekiston fuqarosi o‘ldirilgani haqida yozgan edi.