O‘zbekistonda 1 martdan «Har bir mahalladan ikki nafar dasturchi» dasturi joriy etiladi. Bu davlat rahbari Shavkat Mirziyoyevning «O‘zbekiston – 2030» strategiyasining joriy yilga mo‘ljallangan davlat dasturi to‘g‘risidagi qarorida ko‘zda tutilgan.
Mahallalardagi yoshlar yetakchilari faollar bilan birgalikda IT-sohasiga qiziquvchi yoshlarni topib, ular uchun chet tili kurslarini tashkil etishadi. Sertifikat olgan yoshlar Raqamli texnologiyalar vazirligining maxsus axborot tizimiga kiritiladi.
Raqamli texnologiyalar vazirligi va Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi mazkur tizimdagi yoshlarni IT-kompaniyalarga yo‘naltiradi va bandlik bilan ta’minlashda yordam beradi.
Farmonning mazkur bandi ijrosini ta’minlash O‘zbekiston mahallalariuyushmasi, Yoshlar ishlari agentligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga mas’ul zimmasiga yuklansin.