Oʻzbekiston 2024-yilning yanvar oyida qiymati $75,4 million boʻlgan qariyb 146,3 tonna meva va sabzavot eksport qildi. Bu haqda Statistika agentligi maʼlum qilmoqda.
Unga koʻra, eksportning katta ulushi — 27,2 foizi Rossiya Federatsiyasiga toʻgʻri keladi. Keyingi oʻrinlarni Pokiston (21,2 foiz), Xitoy (13,4 foiz) va Qozogʻiston (9,2 foiz) davlatlari egalladi.
Bu koʻrsatkich mamlakatning umumiy eksport hajmining 6,8 foizni tashkil qiladi. Qolaversa, bu oʻtgan yilning mos davriga nisbatdan 2,2 marta yoki 78,8 ming tonnaga ortganini ko‘rish mumkin.
Avvalroq Oʻzbekiston yanvar oyida toʻqimachilik mahsulotlari eksportini 14,4 foizga oshirgani haqda maʼlum qilgan edik.