Yangiliklar

O‘zbekistonda ayollar, yoshlar va nogironlarni IT sohasiga jalb qilishadi

25 ming kishini ish bilan taʼminlash rejalashtirilgan
Foto: billiondigital/Depositphotos

Oʻzbekiston hukumati «raqamli inklyuzivlik» loyihasini eʼlon qildi. Uning doirasida yoshlar, ayollar va imkoniyati cheklangan shaxslar IT sohasiga jalb qilinadi. Bu haqda mamlakat prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuvda ma’lum qilindi.

Mazkur toifadagi aholini axborot texnologiyalariga o‘rgatish rejalashtirilgan bo‘lib, buning hisobidan yaqin kelajakda to‘qqiz mingta ish o‘rni yaratiladi, shundan besh ming nafari ayollar va nogironlar uchun. Loyihani amalga oshirish natijasida jami 25 ming kishi ish bilan taʼminlanadi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda IT-park faoliyat ko‘rsatadi. Uning rezidentlari soni 1,7 ming nafarga yetdi, bu korxonalarda 26 ming xodim ishlaydi. 2030-yilga borib IT-park negizida faoliyat yurituvchi kompaniyalar soni oʻn barobar oshishi kutilmoqda.

Avvalroq, «Kursiv» 2024-yil yanvar oyi oxiriga kelib 75 kompaniya IT-park rezidenti maqomini olganini yozgan edi.