2024-yil 1-iyundan O‘zRda «Yosh tadbirkor» tanlovlari o‘tkazila boshlaydi. Bu davlat rahbari Shavkat Mirziyoyevning «O‘zbekiston – 2030» strategiyasining joriy yilga mo‘ljallangan Davlat dasturi to‘g‘risidagi qarorida ko‘zda tutilgan.
Tashkilot ishlarini Yoshlar agentligi tomonidan amalga oshiriladi. Unda mahallalar, tumanlar, viloyatlar va respublika miqyosida yoshlarning eng yaxshi biznes loyihalari va g‘oyalari saralab olinadi.
Shu bilan birga, nogironlarning g‘oyalariga alohida e’tibor qaratiladi.
Respublika tanlovidan o‘tgan loyihalarga 1000 BHM’gacha (340 mLn so‘m) imtiyozli kreditlar ajratiladi. G‘oliblar malaka oshirish uchun xorijga yuboriladi.
Endilikda oilaviy tadbirkorlik uchun ajratilayotgan kreditlarning kamida 40 foizi yoshlar biznesiga yo‘naltiriladi.
Avvalroq, «Kursiv» Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YTTB) O‘zbekistonda ayollar tadbirkorligini rivojlantirish va gender tengligini qo‘llab-quvvatlashi xabar qilgan edi.