O‘zbekistonliklar chiroyli davlat raqamlari sotib olish uchun qariyb 400 milliard so‘m sarfladi

eʼlon qilindi
Bosh muharrir o‘rinbosari
87 mingga yaqin belgilar sotilgan
Rasm: avtoraqam.uzex.uz saytidan olingan skrinshot

O‘zbekistonda 2023-yilda chiroyli avtomobil raqamlari savdosi 396,1 milliard so‘mni tashkil etdi, bu o‘tgan yilga nisbatan 30,2 foizga ko‘pdir. Bu haqda O‘zbekiston Respublika tovar-xomashyo birjasida (O‘zRTXB) o‘tgan yil yakunlari sarhisob qilingan matbuot anjumanida ma’lum bo‘ldi.

Bu o‘sish davlat byudjetiga sotishdan ko‘proq daromad kelganini bildiradi. Shu bilan birga, sotilgan avtomobil raqamlari soni 26,4 foizga kamaydi. «Kursiv»ning savoliga birja vakili quyidagicha javob berdi: 2022 yilda 118,3 mingta, 2023 yilda esa 87,1 mingta avtomobil raqamlari sotilgan. Bir davlat raqamining o‘rtacha narxi 2,6 million so‘mdan 4,55 million so‘mga oshdi.

Chiroyli avtomobil raqamlarini sotish auksion shaklida amalga oshiriladi: kim ko’proq bersa, raqamni sotib oladi.

2017-yildan buyon O‘zRTXBda chiroyli raqamlar sotila boshlandi. Birinchi davlat raqami 7,5 million so‘mdan sotildi. 2024-yil 23-fevral holatiga ko‘ra, avtoraqam.uzex.uz tizimida jismoniy shaxslar uchun 110 mingdan ortiq, yuridik shaxslar uchun 3 mingdan ortiq shunday belgilar kim oshdi savdosiga qo‘yilgan.

Shuningdek