O‘zbekistonliklar uchun kredit olish qiyinlashadi

eʼlon qilindi
Iyul oyining boshidan
Foto: oktava/Depositphotos

O‘zbekistonda 1-iyuldan boshlab respublika aholisiga kredit berish bo‘yicha talablar kuchaytiriladi. Markaziy bank qarz yukining ko‘rsatkichini joriy etadi – o‘rtacha kredit to‘lovlarining qarz oluvchining o‘rtacha oylik daromadiga nisbati.

Ta’kidlash joizki, ushbu yondashuv allaqachon mikromoliya tashkilotlari (MMT) tomonidan qo‘llaniladi.

Respublikada kreditlash limiti joriy yilning iyul oyi boshidan 60 foizni tashkil etgan bo‘lsa, keyingi yilda u 50 foizga tushiriladi.

Yanvar oyida Markaziy bankning kredit tashkilotlari faoliyatini tartibga solish metodologiyasi bo‘limi boshlig‘i Sanjar Nosirov mikrokreditlar bo’yicha ham xuddi shunday limit amalda ekanligini aytgan edi.

Avvalroq, «Kursiv» O‘zbekistonda regulyator talablarni kuchaytirgandan so‘ng avtokreditlash qisqara boshlaganini e’lon qilgan edi.

Shuningdek