Yangiliklar

O‘zbekiston velosportchilari Osiyo chempionatida ikkita medalni qo‘lga kiritishdi

Alimardon Jamoldinov kumush, Samira Ismoilova bronza medali bilan taqdirlandi
Foto: Olympic.uz

O‘zbekiston terma jamoasi velosport bo‘yicha Osiyo chempionatida ikkita medalni qo‘lga kiritdi, deb xabar berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi.

Omnium bo‘yicha Alimardon Jamoldinov kumush, Samira Ismoilova bronza medaliga sazovor bo‘lishdi.

O‘g‘il bolalar o‘rtasida Xitoy Taipeyi sportchisi Jing Feng Li (oltin) va yaponiyalik Ryosuke Momen (bronza) ham sovrinli o‘rinlarni egallashdi. Qizlar o‘rtasida Janubiy Koreya sportchilari Yumi Xyeon (oltin) va Malayziyalik Dania Azif (kumush) medallarga sazovor bo‘lishdi.

Avvalroq, «Kursiv» qilichbozlik bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati yakunlangani haqida yozgan edi. Musobaqa davomida o‘zbekistonlik to‘rt nafar qilichboz bronza medalini qo‘lga kiritdi.