O‘zbekistonda millionga yaqin yigit-qizlar ish bilan ta’minlanadi

eʼlon qilindi
Bosh muharrir o‘rinbosari
100 ming nafar yoshlar sanoat loyihalariga jalb etiladi
Foto: Prezident matbuot-xizmat

2024-yilda O‘zbekistonda 925 ming yigit-qizni ish bilan ta’minlash rejalashtirilgan. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ishtirokida fuqarolarni ish bilan ta’minlash masalalari muhokama qilingan yig‘ilishda shunday maqsadlar aytildi, deb xabar beradi davlat rahbari matbuot xizmati.

Yig‘ilishda Markaziy bank rahbari Mamarizo Nurmuratov, Iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov, Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev va boshqalar ishtirok etdi.

«Mutasaddilar yangi sanoat loyihalarida 100 ming, xizmatlar sohasida 150 ming, ish o‘rinlarini legallashitirish va o‘zini o‘zi band qilish orqali 200 ming nafar yigit-qiz bandligini ta’minlash»-deyiladi xabarda.

Respublikada biznesni ham o‘rgatishmoqchi. Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishga yo‘naltirilgan kreditlarning kamida 40 foizi yoshlarga beriladi. Ular «Yosh tadbirkor» tanlovi orqali ham rag‘batlantiriladi. Eng yaxshi biznes g‘oyalarga ega bo‘lgan finalchilar o‘z malakalarini xorijga oshirish uchun yuboriladi.

Yoshlar qishloq xo‘jaligiga ham jalb qilinadi. Keyingi yillarda fermerlarga tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish uchun 200 ming gektar yer maydoni ajratildi. Bu yil yana 60,5 ming gektar yer yoshlarga beriladi.

«Bundan samarali foydalanish uchun yangi tartib o‘rnatilishi qayd etildi. Unga ko‘ra, tuman hokimlari yerni suv ta’minoti yaxshi joydan ajratishga mas’ul bo‘ladi. Har bir yoshga qancha maydon ajratish bo‘yicha “mahalla yettiligi» taklif beradi. Yer olgan yoshlar Agrobankning «Fermerlar maktabi»da hosildor eksportbop ekinlar yetishtirishga o‘qitiladi. Mini-texnika, urug‘ va ko‘chatlar sotib olishga «Yoshlar daftari» jamg‘armasi hamda Fermerlar jamg‘armasidan subsidiya ajratiladi. Dehqon yoshlarga eksportchi va qayta ishlovchi tadbirkorlar kooperatsiya asosida biriktiriladi”-deyiladi xabarda.

Meva-sabzavot kooperatsiyalariga banklar orqali 2 mlrd so‘mgacha kredit ham beriladi.

Shuningdek, ular O‘zR’da tillar va IT-mutaxassisliklarini o‘rgatish orqali bandlikni oshirishni rejalashtirmoqda.

Yoshlar ishlari agentliging «Ibrat farzandlari» loyihasi orqali 1 million nafar o‘g‘il-qiz horijiy tillar o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Chet tili o‘qituvchilariga foydalanilmayotgan maktablarda bepul joy ajratiladi. O‘quvchilar yaxshi natijalarga erishgan qishloqlardagi xususiy o‘quv markazlari olti oygacha bo‘lgan binolar uchun ijara haqini qoplashga ishonishlari mumkin.

Avvalroq, Kursiv O‘zbekiston hukumati «raqamli inklyuzivlik» loyihasini e’lon qilgani haqida yozgan edi. Uning doirasida yoshlar, ayollar va imkoniyati cheklangan shaxslar IT sohasiga jalb qilinadi.

Shuningdek