O‘zbekistonda sement ishlab chiqarish 2021-yil darajasiga qaytdi
2024-yilning birinchi oyida O‘zbekistonning yirik korxonalari tomonidan 627,9 ming tonna sement ishlab chiqarildi. Bu o‘tgan yilning yanvar oyiga nisbatan 2,3 barobar ko‘pdir, deya xabar beradi Statistika agentligi.
Ushbu sezilarli o‘sish 2023-yilgi past natija bilan izohlanadi. O‘tgan yili qattiq sovuq va elektr ta’minotidagi uzilishlar tufayli respublikadagi ko‘plab korxonalar to‘liq quvvat bilan ishlamadi. Bu nafaqat sement ishlab chiqarish hajmiga, balki boshqa mahsulotlarga ham ta’sir ko‘rsatdi.
2023-yil yanvar oyida sement ishlab chiqarish ikki baravarga qisqardi. Shunday ekan, 2024-yilda 2,3 barobar o‘sish 2021-yil ko‘rsatkichlariga qaytishdan dalolat beradi (2022-yilda ham pasayish kuzatilgan). O‘sha yili 619,1 ming tonna sement ishlab chiqarildi. Ushbu statistik ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, 2024-yilda ishlab chiqarishni sezilmas darajada 1,4 foizga oshdi.
Biroq, ekspertlarning fikriga ko‘ra, sanoatda raqobat hali ham kuchaymoqda. Ayni paytda respublikada 36 ta zavod mavjud. Bozorda taklifning o‘sishi narxga ta’sir qiladi. O‘tgan yili O‘zbekiston Respublika tovar-xomashyo birjasida bir tonna uchun o‘rtacha narx 500 – 550 mingga tushgan, 2022-yilda narx 650 – 670 ming bo‘lgan.