Dizel narxi pasayishi, IT-sohasidagi o‘zgarishlar, ko‘chmas mulk narxlari, inflyatsiya kutilmalari, chiroyli davlat raqamlari, OKMK’dagi fojia: haftaning dolzarb yangiliklari
Dizel narxi 15 foizga arzonlashtirildi
Oʻzbekistonda dizel yonilgʻisi narxi 15 foizga arzonlashtirildi. Bu haqda «Oʻzbekneftgaz» AJ matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Yevropa NATO’ni o‘rniga boshqa tashkilot tuzmoqchi
Yevropa davlatlari AQSh ishtirokisiz Shimoliy Atlantika alyansi (NATO)ga o‘xshash tashkilot yaratish imkoniyatini ko‘rib chiqishmoqda, deb yozadi The Washington Post manbalarga tayanib.
O‘zbekiston fond bozori fevral oyining birinchi yarmini qanday yakunladi
O‘zbekiston fond bozori o‘tgan haftani UCI indeksining 1,14 foizga tushishi bilan yakunladi. Hamkorbank aksiyalari savdosi qayta tiklandi va darhol o’sishni ko’rsatdi, biroq barcha emitentlar investorlarni mamnun qilmadi. Yuqori likvidli qimmatli qog’ozlarning kotirovkalari qanday o’zgarganini «Kursiv» maqolasida o’qing.
Oʻzbekistonda svetoforlarni xususiylashtirish mumkinligi haqidagi xabarlar rad etildi
Oʻzbekistonda endi jismoniy yoki yuridik shaxslar, hududiy yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmalariga xat bilan murojaat etgan holda, oʻzlari istagan joyda svetofor oʻrnatishlari mumkin haqidagi xabarlar tarqaldi. Yoʻl harakati xavfsizlik xizmati mazkur xabar haqiqatga toʻgʻri kelmasligini maʼlum qildi.
O‘zbekistonda IT-sertifikatlari uchun kompensatsiya oshiriladi
O‘zbekistonda 1-martdan boshlab xalqaro IT sertifikatlarini olish uchun to‘lovlar miqdori oshiriladi. Endi to‘lov avvalgidek umumiy xarajatlarning 50 foizini emas, balki 60 foizini qoplaydi, deya xabar qildi O‘zR Raqamli texnologiyalar vazirligi hukumat qaroriga tayanib.
Uch nafar Hindiston fuqarosi Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida (OKMK) halok bo‘lishdi
Bugun, 20-fevral kuni soat 08:00 atrofida Olmaliq shahridagi sanoat zonasida qurilayotgan 3- misni boyitish fabrikasida avariya yuz berdi, deb xabar berdi OKMK matbuot-xizmati.
Qancha oʻzbekistonlik mehnat muhojiri Rossiyada ishlamoqda
Rossiyada ishlash uchun ketayotgan Oʻzbekiston fuqarolarining soni mavsumga qarab oʻzgarib turadi. Hozirgi vaqtda ularning soni 1 millionga yaqin. Bu haqda Oʻzbekiston Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi rahbari oʻrinbosari Xoʻjaakbar Fayzullaxoʻjayevning maʼlumotlariga tayanib TASS xabar qildi.
Bloger Abror Muxtor Aliy ozodlikka chiqdi
Oʻzbekistonda Abror Muxtor Aliy nomi bilan tanilgan diniy bloger Abror Abduazimov ozodlikka chiqdi. Bu haqda «Kursiv»ga ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmati maʼlum qildi.
Putin va Mirziyoyev mintaqaviy aloqalar va iqtisodiy masalalarni muhokama qildi
Qozon shahrida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Rossiya rahbari Vladimir Putinning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi, deb xabar berdi respublika rahbari matbuot xizmati.
Metan «zapravkalar»dan cheklovlar olinadi
Gaz bosimini pasaytirish maqsadida aholi va davlat sektori obyektlarini tabiiy gaz bilan ta’minlash maqsadida bugundan boshlab mamlakatdagi barcha metan yonilg‘i quyish shoxobchalari faoliyatiga qo‘yilgan cheklovlar bosqichma-bosqich olib tashlanmoqda.
2024-yilda O‘zbekistonda inflyatsiya qanday bo‘ladi
Markaziy bank o‘tkazgan inflyatsiya kutilmalari bo‘yicha tadqiqotga ko‘ra, aholining 12 oylik inflyatsion kutilmalari o‘tgan oyga nisbatan biroz sekinlashib, 13,1 foizni tashkil etdi.
O‘zbekistonlik taniqli gimnastikachi Oksana Chusovitina jahon kubogining final bosqichiga yo‘llanma oldi
Oʻzbekistonlik sportchi Oksana Chusovitina Germaniyada boʻlib oʻtayotgan sport gimnastikasi boʻyicha jahon kubogi finaliga yoʻllanma oldi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar berdi.
Ko’chmas mulk bozoridagi o’zgarishlar: ijara narxlarining pasayishi va ikkilamchi bozorning o’sishi
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi (ITIM) ma’lumotlariga ko‘ra, yanvar oyida deyarli 22 ming uy-joy sotilgan, bu o‘tgan yilning yanvar oyiga nisbatan 20 foizga ko‘pdir.
O‘zbekistonliklar chiroyli davlat raqamlari sotib olish uchun qariyb 400 milliard so‘m sarfladi
O‘zbekistonda 2023-yilda chiroyli avtomobil raqamlari savdosi 396,1 milliard so‘mni tashkil etdi, bu o‘tgan yilga nisbatan 30,2 foizga ko‘pdir. Bu haqda O‘zbekiston Respublika tovar-xomashyo birjasida (O‘zRTXB) o‘tgan yil yakunlari sarhisob qilingan matbuot anjumanida ma’lum bo‘ldi.