2023-yilda ijara shartnomalari soni bir yarim baravardan koʻproqqa oshdi

eʼlon qilindi
2023-yil yakunlariga ko‘ra
Foto: yemelyanov/Depositphotos

2023-yilda Oʻzbekiston soliq organlari tomonidan 531,7 mingdan ortiq ijara shartnomasi roʻyxatga olingan, bu undan oldingi yilga nisbatan 63,3 foizga koʻpdir. Bu haqda respublika soliq qoʻmitasi ma’lum qildi.

Oʻtgan yil oxirida jismoniy shaxslar tomonidan 386,8 mingta ijara shartnomasi tuzilib, 2022-yilning mos davriga nisbatdan oʻsish 60,5 foizni tashkil qildi. Yuridik shaxslar oʻrtasida bo‘lsa, bu koʻrsatkich 30,2 foizga oshib, 144,9 mingta shartnomani tashkil qildi.

Soliq qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2023-yilda uy egalari universitet talabalari bilan 94,2 mingta ijara shartnomasini tuzgan.

Eslatib oʻtamiz, 2022-yil Oʻzbekiston koʻchmas mulk bozorida tuzilgan bitimlar soni 272,4 mingtadan oshgan edi.

Katta oʻsish Qashqadaryo viloyati va Qoraqalpogʻistonda mos ravishda 17,1 va 16,8 foiz qayd etilgan.

Avvalroq «Kursiv» 2024-yilning yanvarida Toshkentda uy-joy ijarasi narxi 2,2 foizga pasayib, bir kvadrat metr uchun $9 tashkil etgani haqida yozgan edi.

Shuningdek