2023-yilda O‘zbekiston va Qatar munosabatlari yangi bosqichga chiqdi

eʼlon qilindi
Toshkent va Doha madaniy-gumanitar hamkorlikni rivojlantirish niyatida
Toshkent va Doha ham madaniy-gumanitar hamkorlikni rivojlantirish niyatida
Foto: Saida Mirziyoyevaning Telegram-kanali

2023-yil O‘zbekiston va Qatar uchun burilish yili bo‘ldi. Bu haqda O‘zR prezidenti yordamchisi Saida Mirziyoyeva va Qatar Tashqi ishlar vazirligi rahbari Shayx Muhammad bin Abdulrahmon Ol Soniy o‘rtasidagi uchrashuvda so‘z yuritildi.

2023-yil yakunlari boʻyicha sammitlar Samarqand va Dohada boʻlib oʻtdi. Mirziyoyeva bu tadbirlarni tarixiy deb atadi va davlatlarni yanada mazmunli hamkorlikka undaganini qayd etdi.

Uning qoʻshimcha qilishicha, har ikki davlat ham gumanitar va madaniy sohalarni rivojlantirish, qoʻshma tashabbuslarni amalga oshirishdan manfaatdor.

Avvalroq «Kursiv» Toshkent va Doha tashqi ishlar vazirlarini muvofiqlashtiruvchi kengash tuzishga kelishib olgani haqida yozgan edi.

Shuningdek