Yangiliklar

AI-80 benzin narxi ko‘tarildi

O‘sish sabablari hozircha ma’lum qilinmagan
Foto: Kusherbayev Telegram-kanali

UNG Petro yonilg‘i quyish shoxobchalarida AI-80 rusumli benzin narxi 6,8 ming so‘mdan 7 ming so‘mga ko‘tarilgan, deb xabar berdi O‘zbekneftegaz matbuot xizmati «Kursiv»ga.

1-yanvardan boshlab UNG Petro’da AI-80 rusumli benzin narxi 6,8 ming so‘mga oshgan edi. Ilgari ushbu turdagi yonilg‘i aksiz solig‘i stavkasi nolga teng bo‘lganligi sababli 6,05 ming so‘mdan sotilgan edi.

AI-80 narxi oshgan, biroq ko‘plab yonilg‘i quyish shoxobchalarida yo‘q. Ayrim xususiy «zapravkalarda»bu turdagi benzinning narxi 8,5 ming so‘mdan sotiladi.

Endi, nafaqat metan gaz quyish shoxobchalarida bir necha kilometr uzunlikdagi navbatda turgan mashinalar bor.  Benzin quyish shoxobchalarida ham shunaqa uzun navbat hosil bo‘lmoqda, deyiladi sobiq deputat Rasul Kusherbayev Telegram- kanalida.

Avvalroq «Kursiv» O‘zbekiston AI-80 benzinidan voz kechishini e’lon qilgan edi. Shavkat Mirziyoyev respublika Bosh vaziri Abdulla Aripovga 2025-yildan boshlab AI-80 benzinini bosqichma-bosqich bekor qilish chora-tadbirlarini ishlab chiqish boʻyicha topshiriq bergan edi.