Yangiliklar

Dollarning narxi yana pasaydi

Uning o‘rtacha qiymati 9,10 so‘mga tushdi
Foto: Piqsels

26-fevral kuni O‘zbekiston Respublika valyuta birjasida dollarning o‘rtacha kursi 9,10 so‘mga pasaydi va 12 480,90 so‘mni tashkil qildi. Mamlakatning Markaziy banki ham AQSh valyutasining kursini shu darajada belgiladi.

Bugun moliya institutlari dollarni 12 420 – 12 445 so‘mdan xarid qilib, 12 490 – 12 550 so‘mdan sotishmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 23-fevral kuni AQSh valyutasining qiymati 18 so‘mga pasaygan edi.