Lukashenko Belarusda navbatdagi prezidentlik saylovlarida ishtirok etish niyatida

eʼlon qilindi
Ammo bir yil ichida "ko‘p narsa o‘zgarishi mumkin"
Foto: RIA-Novosti

Belarusning amaldagi prezidenti Aleksandr Lukashenko 2025-yilga belgilangan prezidentlik saylovlarida ishtirok etish rejasini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda «TASS».

 «Qatnashaman (saylovga. – Tahr.). Ularga (muxolifat – tahririyatga) ayting, men qatnashaman», — dedi Lukashenko Belarusdagi parlament saylovlarida ovoz berish chog‘ida jurnalistlarga.

Biroq, u saylovga bir yil qolganini va «ko‘p narsa o‘zgarishi mumkinligini» qo’shimcha qildi.

 «Tabiiyki, men va barchamiz, jamiyatimiz, jamiyatdagi o‘zgarishlarga o‘z munosabatimizni bildiramiz»— dedi prezident.

Avvalroq «Kursiv» Lukashenko O‘zbekistonga tashrif buyurgan va u yerda respublika prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashganini e’lon qilgan edi.

Shuningdek