
Belarusning amaldagi prezidenti Aleksandr Lukashenko 2025-yilga belgilangan prezidentlik saylovlarida ishtirok etish rejasini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda «TASS».
«Qatnashaman (saylovga. – Tahr.). Ularga (muxolifat – tahririyatga) ayting, men qatnashaman», — dedi Lukashenko Belarusdagi parlament saylovlarida ovoz berish chog‘ida jurnalistlarga.
Biroq, u saylovga bir yil qolganini va «ko‘p narsa o‘zgarishi mumkinligini» qo’shimcha qildi.
«Tabiiyki, men va barchamiz, jamiyatimiz, jamiyatdagi o‘zgarishlarga o‘z munosabatimizni bildiramiz»— dedi prezident.
Avvalroq «Kursiv» Lukashenko O‘zbekistonga tashrif buyurgan va u yerda respublika prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashganini e’lon qilgan edi.