Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Buyuk Britaniyada hamshiralar uchun boʻsh ish oʻrinlarini eʼlon qildi. Bu haqda agentlik matbuot xizmati xabar berdi.
Nomzodlar tibbiyot oliygohini yoki «Oliy hamshiralik ishi» ixtisosligini tugatgan yoki talabasi boʻlishi, ingliz tilini bilish sertifikatiga (IELTS 7 yoki OET 3.5) ega boʻlishi, shuningdek, sudlanmagan boʻlishi kerak.
Ish haqi $3 mingdan boshlanadi, Oila bilan ham ketish imkoniyati bor. Ish sharoitlari, jumladan, nafaqa, sugʻurta, taʼtillar, bepul tibbiy yordam Buyuk Britaniyadagi hamshiralar bilan bir xil boʻladi. Havola orqali roʻyxatdan oʻtish.
Ingliz tilini bilmaydiganlar uchun Samarqand shahridagi MEDECON universitetida OET, CBT va OSCE maxsus kurslarini oʻtash imkoniyati mavjud. OET imtihonidan muvaffaqiyatli oʻtgan bitiruvchilar imtihon xarajatlari, viza, sugʻurta, aviachipta va Buyuk Britaniyadagi turar joy (dastlabki ikki oy uchun) qoplanadi.
avvalroq Qatarning Elegancia Healthcare kompaniyasi oʻzbekistonlik shifokorlar uchun boʻsh ish oʻrinlarini ochgani haqida xabar berilgan edik.