Ohangaronga yangi hokim saylandi

eʼlon qilindi
Lavozimni Muzaffar Rajabboev egalladi
Foto: Toshkent viloyati hokimligi

Ohangaron Xalq deputatlari Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida shaharning yangi hokimi etib Muzaffar Rajabboyev saylandi, deb xabar qildi Toshkent viloyati hokimligi.

Uning nomzodini Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev taklif etdi.

Rajabboyev 1984 yilda tug‘ilgan. 2007 yilda Toshkent irrigatsiya va melioratsiya institutini, 2014 yilda esa O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasini tamomlagan.

Hamda 2019-yilda Xitoy Xalq Respublikasidagi Xalqaro biznes va iqtisodiyot universitetida magistratura bosqichini tamomlagan.

Mehnat faoliyatini Qibray tumani yong‘in xavfsizligi xizmatida boshlagan. Ohangaronga rahbar etib tayinlanguniga qadar O‘zbekiston Bandlik va qashshoqlikni qisqartirish vazirligida boshqarma boshlig‘i lavozimida ishlagan.

Avvalroq Kursiv Nosirbek Talipov Toshkentning Mirobod tumani hokimi o‘rinbosari bo‘lgani haqida yozgan edi.

Shuningdek