O‘zXDP  o‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalarini qonuniylashtirish haqida o‘ylamoqda

eʼlon qilindi
Yangiliklar muharriri
Bu haqda partiya raisi ma’lum qildi
Foto: xdp.uz

O‘zXDP fraksiyasi yig‘ilishida deputatlar o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari hamda ularda qurilayotgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni tan olishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini muhokama qilishdi. Bu haqda partiya raisi Ulug‘bek Inoyatov ma’lum qildi.

 «Loyiha fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining o‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalariga nisbatan ijara huquqi hamda ularda qurilgan uy-joy, boshqa bino va inshoot yoki ko‘chmas mulk obyektlariga nisbatan mulk huquqi rasmiylashtirilishi uchun huquqiy asoslar yaratilishiga xizmat qiladi» — deb yozadi u.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi yerlarini ijaraga berish huquqini boshqa shaxslarga o‘tkazishga ruxsat berilishi ma’lum qilingandi.

Shuningdek