Uchinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi bo‘lib o‘tadi

eʼlon qilindi
2-3 may kunlari
Foto: O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

2024-yil 2-3-may kunlari Toshkent shahrida Uchinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi (TXIF-III) bo‘lib o‘tadi, deb xabar berdi O‘zR Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi matbuot xizmati.

Tadbir doirasida davlat rahbari darajasida yalpi majlis, 50 dan ortiq ekspert muhokama uchrashuvlari, jumladan panel munozaralari, davra suhbatlari va b2b muzokaralar o‘tkazish rejalashtirilgan.

2022-yilda o‘tkazilgan birinchi forumda 56 davlatdan 2 mingdan ortiq yirik investor va yuqori martabali mehmonlar ishtirok etgan edi va buning natijasida umumiy qiymati $7,8 mlrd teng shartnomalar va sarmoyaviy bitimlar tuzildi.

2023-yilda forumga 70 ta davlatdan 2,5 ming nafar ishtirokchi tashrif buyurdi va jami $11 mlrd 164 hujjat imzolandi.

2024-yilda Toshkentga barcha qit’alardan yanada ko‘proq mehmonlar – investorlar, rasmiylar va tahlilchilar tashrif buyurishi kutilmoqda.

Forumda ishtirok etish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tish www.iift.uz sayti orqali amalga oshiriladi va 25-aprelga qadar davom etadi.

Avvalroq «Kursiv» birinchi Toshkent iqtisodiy forumida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev inson kapitalini rivojlantirish muhimligi haqida gapirganini yozgan edi.

Shuningdek