Amerikaning Berkshire Hathaway xolding kompaniyasi asoschisi Uorren Baffet aksiyadorlarga qoʻllagan murojaatida «fond bozori tobora kazinoga oʻxshab bormoqda», — dedi.
Baffetning soʻzlariga koʻra, shu fonda Berkshire Hathaway bitta qoidaga amal qilishga intiladi, yaʼni kapitalni doimiy yoʻqotish xavfiga yoʻl qoʻymaslik. Ushbu strategiya kompaniyaga yaxshi natijalarni koʻrsatishga imkon beradi.
2023-yilning toʻrtinchi choragi yakunlariga koʻra, Berkshire Hathawayʼning operatsion foydasi $8,4 milliarddan oshdi, bu 2022-yilning mos davriga nisbatan 28 foizga koʻpdir. 2023-yilda umumiy sof daromad taxminan $96,2 milliardni tashkil qildi.
Baffet aktivlari orasida eng yaxshi natijalarni sugʻurta biznesi koʻrsatganini taʼkidladi. 57 yil ichida uning hajmi besh ming barobar oshib, $83 milliardga yetdi.
Shuningdek, murojaatda Berkshire Hathaway asoschisi oʻz kompaniyasining aksiyadori qisqa muddatli foyda boʻlmasligiga ishonch bildirgan.
Maʼlumot uchun, Berkshire Hathaway 1955-yilda tashkil qilingan boʻlib, Kraft Heinz, Coca-Cola Company va Apple kabi korporatsiyalarning aksiyalariga egalik qiladi.
Avvalroq «Kursiv» Baffet Citigroup yirik moliyaviy konglomeratining qayta tashkil etilishini qoʻllab-quvvatlaganini haqda yozgan edi.