27-fevral kuni Toshkentda quruq ob-havo bo‘ladi

eʼlon qilindi
Qor ko‘chishi xavfi bor
Foto: depositphotos.com

Bugun, 27-fevral kuni havo bulutli bo‘lishi mumkin, respublikaning ayrim hududlarida yog‘ingarchilik kutilmoqda. Ba’zi joylarda tuman tushishi ehtimoli bor. Havo harorati 0-5 iliq bo‘ladi, deb xabar berdi O‘zgidromet.

Toshkent shahrida havo bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ertalab va kechasi tuman tushishi mumkin. Harorat kunduzi 3-5° iliq, kechasi 2-4° sovuq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda qor yog‘ishi kutilmoqda. Tuman tushadi va qor ko‘chishi xavfi bor. Havo kunduzi 0-5 daraja sovuq bo‘ladi, kechasi 5-10 sovuq. 

Shuningdek